Asosiy mazmunga o‘tish
39A Qori Niyoziy Street, Tashkent, Uzbekistan info@ifar.uz EN UZ
FATI FATI

ExSoil International Summer School – 2026 xalqaro yozgi maktabida ishtirok

31 Iyl 2026

Dala tadqiqotlari 31 Iyl 2026
ExSoil International Summer School – 2026 xalqaro yozgi maktabida ishtirok
2026-yil 25–31-iyul kunlari Qozog‘istonning Astana va Shortandy shaharlarida Leibniz University Hannover va Martin Luther University Halle-Wittenberg (Germaniya) hamkorligida, S. Seifullin Kazakh Agrotechnical Research University hamda A.I. Baraev Research and Production Center for Grain Farming bilan birgalikda tashkil etilgan ExSoil International Summer School – 2026 xalqaro yozgi maktabida ishtirok etdim. Dastur iqlim o‘zgarishi sharoitida tuproq eroziyasi va yer degradatsiyasi muammolariga bag‘ishlangan bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlaridan yosh olimlar va tadqiqotchilarni birlashtirdi.
Yozgi maktab davomida Germaniya va Markaziy Osiyoning yetakchi professorlari tomonidan tuproq salomatligi, shamol va suv eroziyasi, yer degradatsiyasi, GIS va modellashtirish usullari, dala va laboratoriya tadqiqotlari bo‘yicha ma'ruzalar hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ishtirokchilar tuproqning fizik xususiyatlari, infiltratsiyasi, namligi, eroziyaga moyilligi va shamol eroziyasini baholash bo‘yicha dala tajribalarida ishtirok etib, olingan natijalarni zamonaviy ilmiy usullar asosida tahlil qildilar.
Barcha yangiliklarga qaytish