Mahmud Muminov O‘zbekiston televideniyasining “Munosabat” ko‘rsatuvida
2026-yil 9-iyun kuni institutimiz katta ilmiy xodimi Mahmud Muminov O‘zbekiston televideniyasining “Munosabat” ko‘rsatuvida ishtirok etdi. Ushbu chiqish davomida olimimiz Orol dengizini qutqarish, shuningdek, ekologik vaziyatni yaxshilash va uning oqibatlari mavzusida ma’ruza qildi.
Muminov Mahmud o‘z nutqida ekologik muammolarni hal etishda ilmiy yondashuvning ahamiyatini, Orolbo‘yi hududida amalga oshirilayotgan tadbirlarning ijtimoiy va iqtisodiy natijalarini keng yoritib berdi.
Ma’ruzada ta’kidlangan asosiy jihatlar:
Orol dengizining ekologik inqirozi va uning mintaqa aholisiga ta’siri.
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar.
Ekologik vaziyatni yaxshilashda xalqaro hamkorlikning o‘rni.
Kelajak avlod uchun barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etish zaruriyati.
Institutimiz olimining ushbu chiqishi nafaqat ilmiy jamoatchilik, balki keng omma uchun ham dolzarb bo‘lib, ekologik muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etishda faol ishtirok etishga chaqiradi.