Asosiy mazmunga o‘tish
39A Qori Niyoziy Street, Tashkent, Uzbekistan info@ifar.uz EN UZ
FATI FATI

FATI katta ilmiy xodimi yer degradatsiyasiga qarshi kurash bo'yicha xalqaro seminar-treningda ishtirok etdi

16 Okt 2026

Konferensiya va seminarlar 16 Okt 2026
FATI katta ilmiy xodimi yer degradatsiyasiga qarshi kurash bo'yicha xalqaro seminar-treningda ishtirok etdi
Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti (FATI) katta ilmiy xodimi Mahmud Muminov 2026‑yil 9‑oktabr kuni Toshkentdagi Mercure Hotelda o‘tkazilgan Seminar‑trening dasturida ishtirok etdi.

Mazkur tadbir «Yashilloyiha» loyihalash instituti tashabbusi bilan tashkil etilib, WOCAT, Trends.Earth, PRAIS 4 kabi xalqaro platformalar imkoniyatlari, GIS orqali cho‘llanish va degradatsiyaga qarshi kurashish usullari, hamda ILUP va LD/LDN tamoyillari bo‘yicha amaliy tajribalar muhokama qilindi.

Seminar davomida turli xalqaro ekspertlar, jumladan UNCCD texnik mutaxassislari va mustaqil ekspertlar tomonidan yer resurslarini samarali boshqarish, geofazoviy ma’lumotlar bilan ishlash va xaritalash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mahmud Muminovning ishtiroki FATI ilmiy jamoasi uchun xalqaro tajribalarni o‘rganish, ekologik vaziyatni yaxshilash va yer degradatsiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha yangi yondashuvlarni tatbiq etishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Barcha yangiliklarga qaytish