Asosiy mazmunga o‘tish
39A Qori Niyoziy Street, Tashkent, Uzbekistan info@ifar.uz EN UZ
FATI FATI

Tashqi sifat nazorati ekspertlarini tayyorlash bo'yicha xalqaro seminar–trening muvaffaqiyatli yakunlandi

05 Fev 2026

Konferensiya va seminarlar 05 Fev 2026
Tashqi sifat nazorati ekspertlarini tayyorlash bo'yicha xalqaro seminar–trening muvaffaqiyatli yakunlandi

Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi tomonidan Shveytsariyaning VET4UZ loyihasi xalqaro ekspertlari bilan hamkorlikda kasb-hunar va oliy ta'lim sohalarida tashqi sifat nazorati ekspertlarini tayyorlashga qaratilgan uch kunlik seminar-trening o'tkazildi.

Tadbirda Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutining "Iqlim o'zgarishining qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga ta'sirini baholash" laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim Muhiddin Juliyev ham ishtirok etdi. Bugun seminar-treningni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga ekspert sertifikatlari tantanali topshirildi.

Dasturni jami 20 nafar mutaxassis, jumladan kasb-hunar ta'limi bo'yicha 5 nafar ekspert va oliy ta'lim muassasalarini tashqi baholashda ishtirok etadigan 15 nafar ekspert tamomladi. Seminar-trening natijasida ekspertlar tashqi sifat nazorati bo'yicha kompetensiyalarni hamda ta'lim sifatini oshirish bo'yicha xalqaro tajribani egalladilar.

Barcha yangiliklarga qaytish