Asosiy mazmunga o‘tish
39A Qori Niyoziy Street, Tashkent, Uzbekistan info@ifar.uz EN UZ
FATI FATI

GENOMIKA VA BIOINFORMATIKA MARKAZIGA TASHRIF

30 Yan 2025

Xalqaro hamkorlik 30 Yan 2025
GENOMIKA VA BIOINFORMATIKA MARKAZIGA TASHRIF

GENOMIKA VA BIOINFORMATIKA MARKAZIGA TASHRIF

Markazga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishishni rejalashtirib yurardim. Kecha nihoyat bunday imkoniyat tug'ildi! 

Uchrashuv markaz direktori prof. Zabardast Burievdan boshlandi, u olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida ma'lumot berdi. 溺 So'ngra men xodimlarga "Plazma qishloq xo'jaligi: hozirgi muammolar va kelajak istiqbollari" mavzusida ma'ruza o'qidim. ⚡️ Shuningdek, kompyuter modellashtirish salohiyatini taqdim etdim. 

Xodimlarda o'rganish uchun ko'plab yangi g'oyalar paydo bo'ldi va savol-javob sessiyasi ancha cho'zildi.  Shuningdek, mumkin bo'lgan hamkorlik mavzularini aniqlashtirib oldik. 欄

So'ngra institut xodimlari bilan laboratoriyalarni aylanib chiqdik. ‍♂️ Markaz eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan va ajoyib tadqiqotlar olib borilmoqda. 

Umid qilamanki, hamkorligimiz yangi ilmiy kashfiyotlarga olib keladi! 

Barcha yangiliklarga qaytish