Asosiy mazmunga o‘tish
39A Qori Niyoziy Street, Tashkent, Uzbekistan info@ifar.uz EN UZ
FATI FATI

IFAR 2026-yil uchun fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) dasturlariga qabulni e'lon qiladi

13 Okt 2025

Dala tadqiqotlari 13 Okt 2025
IFAR 2026-yil uchun fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) dasturlariga qabulni e'lon qiladi

 2026-yil uchun fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) dasturlariga qabul e'lon qilinadi

 Ixtisosliklar quyida

Ixtisoslik kodiNomi
01.04.02Nazariy fizika
02.00.04Fizik kimyo
03.00.04Mikrobiologiya va virusologiya
03.00.12Biotexnologiya
05.01.03Informatikaning nazariy asoslari
11.00.05Atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
01.03.01Astronomiya
05.01.11Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt

茶 Qabul kvotalari:

- DSc: 7 o'rin
- PhD: 13 o'rin

 PhD talabgorlari uchun zarur hujjatlar:
1. IFAR direktori nomiga ariza;
2. Tarjimai hol (CV);
3. Pasport nusxasi;
4. Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi;
5. Magistr diplomi (oliy ta'lim muassasasidan);
6. Chet tili bilimi sertifikati (B1 darajasi yoki undan yuqori);
7. Chop etilgan ilmiy ishlar ro'yxati (3.4-shakl) va ularning nusxalari;
8. Davlat stipendiyasi egalari uchun tegishli hujjat nusxasi.

 DSc talabgorlari uchun zarur hujjatlar:
1. IFAR direktori nomiga ariza;
2. Tarjimai hol (CV);
3. Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi;
4. Diplom nusxasi (fan nomzodi, PhD yoki oliy ta'lim diplomi);
5. Chet tili bilimi sertifikati (B1 darajasi yoki undan yuqori);
6. Tadqiqot mavzusi bo'yicha ilmiy hisobot va DSc dissertatsiyasining to'liq reja-loyihasi;
7. Chop etilgan ilmiy ishlar ro'yxati (3.4-shakl) va ularning nusxalari.

 Topshirish tartibi:
Barcha hujjatlar PDF formatida tayyorlanib, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi orqali topshirilishi kerak:
 https://daraja.ilmiy.uz

 Hujjat qabul muddati:
2025-yil 5-oktabrdan 5-noyabrgacha

 Bog'lanish:
 Manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek tumani, Qori Niyoziy ko'chasi, 39A, O'zbekiston
 Telefon: +998 (71) 237-09-61
 Xarita: Google Maps joylashuvi

Barcha yangiliklarga qaytish